Oʻzbekistonda 2024-yilda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga 1,5 trillion soʻmdan ortiq xarajat qilingan
Oʻzbekistonda 2024-yilda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga xarajatlar qiymati hajmi qariyb 1,6 trillion soʻmni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar qiymati yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- 2020-yil – 838,6 milliard soʻm;
- 2021-yil – 971,8 milliard soʻm;
- 2022-yil – 1 423,3 milliard soʻm;
- 2023-yil – 1 389,2 milliard soʻm;
- 2024-yil – 1 574,1 milliard soʻm.
Qoʻmitaning bildirishicha, ushbu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 184,9 milliard soʻmga yoki 13,3 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring