Oʻzbekistonda 2022-yil uchun davlat qarzi limiti belgilandi
Oʻzbekistonda 2022-yilda olinadigan davlat qarzining eng yuqori miqdori “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunidan kelib chiqib belgilandi.
Tegishli qonunning 10-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.
Shunday qilib, qonun bilan 2022-yil uchun Oʻzbekiston nomidan va uning kafolati ostidagi tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha har yili imzolanadigan yangi shartnomalarning maksimal hajmi 4,5 milliard dollar miqdorida belgilandi.
Qayd etilishicha, ularning 2,5 milliard dollari davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlashga, shu jumladan uning taqchilligini moliyalashtirishga, 2,0 milliard dollari esa investisiya loyihalarini moliyalashtirishga moʻljallangan.
Shuningdek, hujjat bilan 2022-yil uchun Oʻzbekiston nomidan muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qogʻozlarining maksimal sof hajmi 6,0 trillion soʻm etib belgilandi. Biroq, moliyaviy yil davomida chiqarilgan va joriy yilda sotib olingan davlat qimmatli qogʻozlari cheklangan sof hajmga kiritilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring