Oʻzbekistonda 13-yanvar yogʻingarchiliksiz oʻtishi kutilmoqda, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin
“Oʻzgidromet” 13-yanvar, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20° sovuq, kunduzi 10-12° sovuq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, baʼzi joylarda 20° sovuqqacha, kunduzi 5-10° sovuq, baʼzi joylarda 12° sovuqqacha boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 17° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, baʼzi joylarda 17° sovuqqacha, kunduzi 5-10° sovuq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tushishi mumkin. Qor koʻchish xavfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring