Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga nechta televizor toʻgʻri keladi?

09:30 10 Aprel 2026 Iqtisodiyot
194 0

2025-yilda Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan televizorlarning oʻrtacha soni 179 donani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan televizorlarning oʻrtacha soni yillar kesimida taqsimlanganda bosqichma-bosqich oʻsib borganini koʻrish mumkin.

Jumladan, har yuzta oilaga 2010-yilda 132 dona, 2015-yilda 152 dona, 2020-yilda 162 dona hamda 2025-yilda 179 dona televizor toʻgʻri kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер