Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga nechta elektr changyutgichlar toʻgʻri keladi?
Milliy statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarining dastlabki maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 2025-yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar oʻrtacha soni 84 tani tashkil etgan.
100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar sonini yillar kesimida hisoblaganda 2000-yilda 30 ta, 2005-yilda 33 ta, 2010-yilda 37 ta, 2015-yilda 53 ta, 2020-yilda 60 ta hamda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida 84 tani tashkil qilgan.
Ushbu maʼlumotlardan koʻrish mumkinki, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar soni soʻnggi 25-yil ichida 54 taga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring