Oʻzbekistonda 10-may kuni yomgʻir yogʻishi, shamol tezligi kuchayib, ayrim hududlarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin
Foto: Illustrativ foto
“Oʻzgidromet” 10-may, seshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 23-25 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha, baʼzi joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha, baʼzi joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha, baʼzi joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha, baʼzi joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring