Oʻzbekistonda 1 oyda AI-80 rusumli avtomobil benzinining narxi 8,5 foizga oshdi
2020-yilning 1-18-dekabrida Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ochiq birja savdolari orqali 2,8 trln soʻmlik tovar resurslari sotildi. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 33% ga koʻpdir. Sotuvchi va xaridorlar shaffof birja savdolarida erkin ishtirok etishdi.
Dekabr oyida birja savdolariga AI-80 rusumli avtomobil benzini sotuvchilarining boshlangʻich bahosi ham noyabr oyiga nisbatan 8,5% ga koʻtarilib, oʻrtacha 5 691 ming soʻmni tashkil qildi. Oʻz navbatida benzinning birjadagi narxi mos tarzda 8% ga oʻsdi va mahsulotning bir tonnasi uchun 5 731,7 ming soʻmni tashkil etdi (benzinning bir tonnasi oʻrtacha – 1293-1370 litr).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring