Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisiga maslahatchi tayinlandi
Aziz Said Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda Uyushma axborot xizmati xabar berdi.
Aziz Said 1961-yil 25-sentyabrda tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tutatgan (1984). “Chiltor” (1988), “Dili qani Bedilning” (1996), “Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar” (2001), “Fursat darvozasi” (2007) nomli sheʼriy kitoblar muallifi. Uolt Uitmenning “Maysa yaproqlari”, Nozim Hikmatning “Yusuf va Zulayho”, Bertold Brextning “Teatr va realizm”, Paulo Koeloning “Alkimyogar” kitoblarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Aziz Said 1989-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring