Oʻzbekiston Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va sulh oʻrnatilishi eʼlon qilinganini olqishladi

13:46 08 Aprel 2026 Siyosat
296 0

Oʻzbekiston Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va sulh oʻrnatilishi eʼlon qilinganini olqishladi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining bayonoti eʼlon qilindi.

«Oʻzbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va sulh oʻrnatilishi eʼlon qilinganini olqishlaydi.

Mazkur saʼy-harakatlarni keskinlikni yumshatish, siyosiy-diplomatik muloqot va oʻzaro maqbul yechimlarni topish uchun sharoit yaratish yoʻlidagi muhim qadam, deb bilamiz», — deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni barcha tomonlarni vazmin boʻlishga, vaziyatni yana keskinlashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga, shuningdek tinchlik va barqarorlikka erishish maqsadida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqirgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga mufoviq qatʼiy ravishda hal etish zarurligi toʻgʻrisidagi oʻzgarmas pozitsiyasini tasdiqlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер