Oʻzbekiston yanvar-iyul oylarida 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 2,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
✅ Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 102,9 tonnaga oshgan.
✅ Oʻtgan 7 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
Rossiya – 329,2 tonna
Qozogʻiston – 225,9 tonna
Belorus – 43,1 tonna
Fransiya – 26,4 tonna
Litva – 16,5 tonna
Polsha – 2,0 tonna
Ispaniya – 0,5 tonna
Germaniya – 0,1 tonna
Italiya – 0,1 tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring