Oʻzbekiston yanvar-iyul oylarida 310 ming tonna kartoshka import qildi

16:47 10 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
956 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 310,0 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 79,1 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar:

Eron – 119,3 ming tonna

Qozogʻiston – 85,0 ming tonna

Pokiston – 75,5 ming tonna

Qirgʻiz R. – 16,8 ming tonna

Niderlandiya – 8,1 ming tonna

 Rossiya – 4,2 ming tonna

 Fransiya – 573,8 tonna

 Afgʻoniston – 374,6 tonna

 Germaniya – 66,3 tonna

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер