Oʻzbekiston va Turkiya imtiyozli savdo munosabatlariga oʻtadi

13:27 04 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
891 0

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Qudratov juma kuni Turkiya Respublikasi savdo vazirining oʻrinbosari G.Batur bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Onlayn-muloqotda ikki mamlakat oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash shartlari boʻyicha oltinchi ekspert muzokaralari natijalari koʻrib chiqildi.

Tomonlar tovarlarning qisqa roʻyxatini shakllantirishni muddatidan oldin yakuniga yetkazishga alohida eʼtibor qaratdi. Mazkur mahsulotlarga nisbatan oʻzaro asosda bozorga kirishning imtiyozli shartlari taqdim etiladi.

Iqtisodiyotning sezgir tarmoqlari, biznes manfaatlarini hisobga olgan holda tanlangan tovar turlariga tenglik asosida imtiyozlar qoʻllash kelishib olindi. Xususan oʻzaro savdoda tarif kvotasini qoʻllash, tovarlarni bojxona toʻlovlaridan toʻla va qisman ozod qilish nazarda tutilmoqda.

Uchrashuvda tanlangan tovarlarga imtiyozlar berish shartlari boʻyicha muzokaralarni shu yil oxirigacha yakuniga yetkazish, shuningdek, 2021-yil boshida Shartnomani imzolashga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер