Oʻzbekiston va Tojikiston OTM oʻrtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi

15:18 14 Mart 2023 Siyosat
489 0

Foto: Халқ сўзи

Forumning yalpi majlisida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarga bagʻishlangan maʼruzalari bilan ishtirok etishdi hamda yakuni boʻyicha mamlakatlar oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memorandumi va yoʻl xaritalari imzolandi.

Ularda Tojikiston oliy oʻquv yurtlari bilan kimyo texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigatsiya va suv resurslari, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda yurtimizning 5 ta oliy oʻquv yurtida taʼlim tojik tilida olib boriladigan maktab, litsey va oliy oʻquv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер