Oʻzbekiston va Tailand oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻldi
Foto: Illustrativ foto
2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Tailand Qirolligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻldi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Tailand Qirolligi Bosh vaziri oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri Don Pramudvinayga tabrik yoʻlladi.
Maktubda keyingi yillarda Oʻzbekiston va Tailand oʻrtasida turli sohalarda ham ikki tomonlama asosda, ham xalqaro tuzilmalar doirasida samarali aloqalar yoʻlga qoʻyilgani qayd etiladi.
Ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʻlida davlatlararo aloqalarni yanada mustahkamlash uchun faol hamkorlik qilishga xayrixohlik bildirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring