Oʻzbekiston va Ruminiya TIV rahbarlari ikki tomonlama kun tartibini muhokama qildilar
Tashrif bilan Lyuksemburgda boʻlib turgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ruminiya tashqi ishlar vaziri Luminita Odobesku bilan uchrashdi.
«Ruminiya tashqi ishlar vaziri Luminita Odobesku xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Muntazam ikki tomonlama almashinuvlar, siyosiy maslahatlashuvlar, oʻzaro savdoni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, madaniy diplomatiya masalalari asosiy eʼtiborimizda boʻldi».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring