Oʻzbekiston va Ozarbayjon aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida tajriba almashdi
Foto: Transport vazirligi
ICAO auditiga oʻz vaqtida va sifatli tayyorgarlik koʻrish, fuqaro aviatsiyasi organi faoliyatini boshqarish, davlat nazoratini tashkil etish va kuchaytirish usullari yuzasidan tajriba almashish maqsadida «Oʻzaviatsiya» agentligi vakillarining Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrifdan asosiy maqsad parvozlar xavfsizligini taʼminlash sohasida ICAOning boʻlajak auditiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tajriba almashishdan iborat boʻldi.
Tajriba almashish dasturi yakunida ikki tomonlama aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring