Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Misrda boʻlib oʻtgan davra suhbati chogʻida aytib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda iqtisodiy sohada Oʻzbekiston-Misr munosabatlari faol rivojlanish bosqichiga oʻtgan. 2017-yildan buyon oʻzaro savdo va sarmoyaviy hamkorlik faollashib, ushbu yoʻnalishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Markazning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston va Misr oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi soʻnggi besh yilda uch barobardan ziyod, 2017-yilda qariyb10 million dollardan 2022-yilda 30,5 million dollargacha oshdi. Oʻzbekistonning Misrga eksporti 16 barobarga oshgan.
Xususan, Oʻzbekistonda Misrlik ishbilarmonlarning kapitali ishtirokida 29 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring