Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida taʼlim sohasidagi aloqalar mustahkamlanmoqdaXabar qilinganidek, 2022-yilning iyun oyida Andijon mashinasozlik hamda Xitoyning Nankin politexnika institutlari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur memorandum ijrosi doirasida oʻtgan bir yil davomida institut qoshida xitoy tilini oʻrganish va Yong Li texnik markazlari, Luban ustaxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, muassasalar professor-oʻqituvchilarining onlayn uchrashuvlari tashkil etilib, tajriba almashildi. Natijada hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha bir qancha taklif va tashabbuslar oʻrtaga tashlandi. —Shu munosabat bilan kuni kecha Nankin politexnika instituti vitse-prezidenti Chjao Xusheng boshchiligidagi delegatsiya Andijon viloyatiga tashrif buyurdi,—deydi institut ilmiy xodimi Umidjon Mamarasulov. —Uchrashuvda kelgusida Xitoy tili markazi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida xitoylik mutaxassislarni jalb qilish, talabalarni Buloqboshi tumanida faoliyat yuritayotgan sement ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasida amaliyot oʻtashlari uchun sharoit yaratib berish, shuningdek, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish, birgalikda ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish kabi masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, institutda bakalavr va magistrlar uchun qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha yangi yoʻnalishlarni ochish, Andijon mashinasozlik institutining elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar, muqobil energiya hamda Nankin politexnika institutining elektr avtomatlashtirish texnologiyasi va issiqlik elektr inshootlari kabi yoʻnalishlarni transformatsiya qilish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi. Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

17:18 31 Iyul 2023 Jamiyat
552 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Xabar qilinganidek, 2022-yilning iyun oyida Andijon mashinasozlik hamda Xitoyning Nankin politexnika institutlari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur memorandum ijrosi doirasida oʻtgan bir yil davomida institut qoshida xitoy tilini oʻrganish va Yong Li texnik markazlari, Luban ustaxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, muassasalar professor-oʻqituvchilarining onlayn uchrashuvlari tashkil etilib, tajriba almashildi. Natijada hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha bir qancha taklif va tashabbuslar oʻrtaga tashlandi.

— Shu munosabat bilan kuni kecha Nankin politexnika instituti vitse-prezidenti Chjao Xusheng boshchiligidagi delegatsiya Andijon viloyatiga tashrif buyurdi,—deydi institut ilmiy xodimi Umidjon Mamarasulov. —Uchrashuvda kelgusida Xitoy tili markazi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida xitoylik mutaxassislarni jalb qilish, talabalarni Buloqboshi tumanida faoliyat yuritayotgan sement ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasida amaliyot oʻtashlari uchun sharoit yaratib berish, shuningdek, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish, birgalikda ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, institutda bakalavr va magistrlar uchun qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha yangi yoʻnalishlarni ochish, Andijon mashinasozlik institutining elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar, muqobil energiya hamda Nankin politexnika institutining elektr avtomatlashtirish texnologiyasi va issiqlik elektr inshootlari kabi yoʻnalishlarni transformatsiya qilish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер