Oʻzbekiston va Xitoy munosabatlarida Turizm salohiyatining rivoji
Xitoy Xalq Respublikasining Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari va Xitoy milliy madaniy merosi boshqarmasi raisi Janob Li Chun boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Yuqori lavozimli mehmonlarni Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev va universitetning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori Juliboy Eltazarovlar kutib oldilar. Uchrashuvda Turizm qoʻmitasi raisi U. Shadiyev ikki davlat oʻrtasida turizm salohiyatini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida va kelajakda kadrlar yetishtirish, hamda malaka oshirishda Xitoylik mutaxassislarni koʻproq jalb qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi.
Delegatsiya mehmonlari “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdilar. Shu oʻrinda, janob Li Chun Xitoy Hukumati Oʻzbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini aytib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring