O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 32 foizga o‘sib, 535,4 mln yevroga yetdi
Arxiv foto
Italiyaning Toshkentdagi elchisi Agostino Pinna 2017 yildan O‘zbekistonda ta’sirchan “islohotchilik burilishi” boshlanganini ta’kidladi. Yangi konstitusiyaviy islohot bozor iqtisodiyoti uchun yanada mustahkam poydevor yaratib, tadbirkorlik faoliyatining asosiy erkinliklari va kafolatlari mustahkamlanayotgani, xususiy mulk himoyasi kuchaytirilayotganini alohida qayd etdi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, “Italiya-O‘zbekiston munosabatlari aynan shunday jadal va izchil rivojlanayotgan paradigmada gullab-yashnamoqda. Shunday qilib, 2022 yil yakuniga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmi 32 foizga o‘sib, 535,4 mln yevroga yetdi va bu Italiyani O‘zbekistonning Yevropadagi uchinchi yirik savdo hamkoriga aylantirdi”.
Italiya biznesining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi o‘zaro xarakterga ega bo‘lib, davomli ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Keyingi yillarda respublikada Italiya kapitali ishtirokida korxonalar soni ikki barobarga oshdi. Natijada, so‘nggi to‘rt yil ichida o‘zlashtirilgan Italiya investisiyalari hajmi yetti baravar ko‘payib, 7,1 mln dollardan 49,6 mln dollarga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring