Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasida aviaqatnovlar tiklandi
2026-yil 14-apreldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, parvozlar haftaning dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, 3-maydan boshlab yakshanba kuni ham aviaqatnovlar jadvali shakllantirilgan.
Jadval:
• Dushanba va payshanba
Toshkent → Tel-Aviv: 08:05 / 08:10
Tel-Aviv → Toshkent: 13:35 / 12:35
• Seshanba
Toshkent → Tel-Aviv: 15:15
Tel-Aviv → Samarqand → Toshkent: 20:15
• Yakshanba (3-maydan)
Toshkent → Samarqand → Tel-Aviv
Tel-Aviv → Toshkent: 13:35
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring