Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya: hamkorlikni chuqurlashtirishning yangi imkoniyatlari

15:19 05 Iyun 2023 Siyosat
362 0

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UK Export Finance – UKEF) bosh ijrochi direktori Tim Rid bilan muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi oʻtgan yilda ikki barobarga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda Britaniya tomoni Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllarini, quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish, foydali qazilmalar qazib olish va qayta ishlash boʻyicha yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etishga qiziqishini bildirdi.

Maʼlumot uchun: Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi davlat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi kreditlar, kafolatlar taqdim qilish, sugʻurtalash, maslahat koʻmagini berish va boshqa yoʻllar bilan yoʻrdam korsatish orqali Britaniya tovarlari va xizmatlari eksportini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер