Oʻzbekiston va Braziliya TIV rahbarlari diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan tabrik maktublarini almashdilar

22:38 03 May 2023 Siyosat
946 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi va Braziliya Federativ Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻldi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mauro Viyeyra tabrik maktublari almashdilar.

Xususan, Oʻzbekiston TIV rahbari oʻz maktubida oʻzaro hurmat va bir-birini qoʻllab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Braziliya munosabatlari turli sohalarda izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Davlatlararo muloqotga yangi bosqichga koʻtarish zarurligi, shu jumladan siyosiy hamkorlik va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, investitsiya sherikligini kengaytirish qayd etildi. Qishloq xoʻjaligi, sanoat, turizm, sogʻliqni saqlash, taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalarida hamkorlik qilish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Oʻz navbatida, Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyraning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Braziliyaning Markaziy Osiyodagi asosiy sheriklaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlab bormoqda. Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston va Braziliya oʻrtasidagi doʻstona aloqalar izchil rivojlanib kelayotir. Uning fikriga koʻra, bugun ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlari yoʻlida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish vaqti keldi.

Shu nuqtai nazardan, M.Viyeyra Braziliya hukumatining Oʻzbekiston bilan ikki va koʻp tomonlama siyosiy muloqotni jadallashtirish, ishbilarmon doiralarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarini kengaytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga tayyorligini tasdiqlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер