Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

18:54 04 May 2023 Siyosat
1082 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-may kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan oʻtkazgan telefon orqali muloqotida qoʻshma kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va savdo munosabatlarining surʼatini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida Belarus Prezidenti joriy yil 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Prezidentlar Oʻzbekiston-Belarus hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi doirasida bir qator ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilmoqda. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalar soni oshmoqda.

Qabul qilingan “yoʻl xaritasi” asosida mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ularni jadallashtirish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish va faol hududlararo almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер