Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi

11:26 12 Aprel 2026 Sport
391 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Tailandda oʻtkazilayotgan U-20 Osiyo chempionati musobaqasining chorak final oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Xitoy termasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv Xitoy yoshlar terma jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 29-daqiqada Vu Yu Szya tomonidan ochildi. 42-daqiqada Yu Szya Si hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 69-daqiqasida Mehribon Egamberdiyeva hisobni qisqartirdi. Shu tariqa bahs 2:1 hisobida Xitoy termasining gʻalabasi bilan yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер