Oʻzbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish boʻyicha shartnoma imzoladi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan mahkumlarni topshirish boʻyicha hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtgan yilning oktyabr oyida qabul qilingan, dekabr oyida esa Senat tomonidan koʻrib chiqilib, maʼqullangan edi. Bitim imzolanishi oʻtgan yilning mart oyida Turkiya Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida boʻlib oʻtdi.
Mazkur hujjat Oʻzbekiston va Turkiya fuqarolariga jazoni oʻz vatanlarida oʻtash imkonini beradi. Mazkur qonunning qabul qilinishi fuqarolar huquq va manfaatlarini yanada samarali himoya qilish bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring