Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari eksport hajmini oshirdi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Shu oʻrinda qayd etib oʻtish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining toʻqimachilik mahsulotlari eksporti koʻrsatkichlarida oʻzaro farq borligi taʼkidlandi. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotida 10 oy yakuni boʻyicha toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 1,5 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlib, bunda barcha turdagi toʻqimachilik mahsulotlari nazarda tutilgan. Davlat bojxona qoʻmitasi 11 oy yakuni boʻyicha eʼlon qilgan maʼlumotlarda toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor kiyim-kechak mahsulotlari kiritilmagan.
Oʻzbekiston 1-dekabr holatiga, 69 ta davlatga toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 225,8 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻtgan 11 oy mobaynida Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 596,8 mln.
Xitoy – 370,4 mln.
Qirgʻiz R. – 248,8 mln.
Turkiya – 189,6 mln.
Polsha – 40,1 mln.
Qozogʻiston – 38,4 mln. AQSH dollari
2020-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 270,9 mln.
Andijon viloyati – 236,8 mln.
Fargʻona viloyati – 227,8 mln.
Toshkent viloyati – 219,1 mln. AQSH dollari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring