Oʻzbekiston TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va YXHT bosh kotibi forumida ishtirok etdi

13:19 01 Dekabr 2023 Siyosat
199 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va YXHT bosh kotibi forumida ishtirok etdi.

“Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Bosh kotibi forumida ishtirok etdik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – YXHT Bosh kotibi Helga Shmid xonim hamda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonlik hamkasblarimiz bilan umumiy kun tartibimizning dolzarb jihatlari, xususan, chegara xavfsizligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va transport aloqalarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildik”.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 1992-yil 26-fevraldan buyon YXHT (sobiq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi) aʼzosi boʻlib, 2018-yil fevral oyida mamlakatimiz YXHT Parlament Assambleyasi faoliyatidagi ishtirokini tiklagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер