Oʻzbekiston TIV rahbari BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident devoni vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident devoni vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar oʻtkazdi.
«Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident devoni vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan uchrashdik, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Oʻzbekiston – BAA aloqalarini yanada kengaytirish, iqtisodiy diplomatiyani ilgari surish, doimiy almashinuvlarni qoʻllab-quvvatlash, doʻstligimizni mustahkamlash yuzasidan samimiy muloqot oʻtkazdik».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring