Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatimizdagi Yevropa davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi

12:20 28 Noyabr 2023 Siyosat
209 0

2023-yilning 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqi, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Vengriya, Shveysariya va Chexiyaning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yuqori darajadagi tashriflarni faollashtirish, mamlakatlarimiz va mintaqalarimiz oʻrtasida hamkorlik uchun ulkan, ammo foydalanilmagan salohiyatni roʻyobga chiqarish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, boʻlajak muloqotlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер