Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Guanchjou shahrida Xitoy kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashdi
Guanchjou shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Xitoyning “BGI Group” kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.
“Xitoyning “BGI Group” kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti bilan birgalikda boʻlajak hamkorligimizning taʼlimdan tortib farmatsevtikagacha boʻlgan sohalardagi bir qator istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildik, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. — Kadrlar salohiyatini oshirish va texnologiyalar almashinuvi eʼtiborimiz markazida boʻldi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring