Oʻzbekiston soʻnggi 7 oyda 6 ming tonnadan ziyod baliq va dengiz mahsulotlari import qilgan

08:34 13 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
1056 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 48 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,1 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.

Baliq va dengiz mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

— Rossiya – 2,9 ming tonna;

— Vetnam – 905 tonna;

— Latviya – 822 tonna;

— Qozogʻiston – 435 tonna;

— Norvegiya – 327 tonna;

— Litva – 322 tonna;

— Xitoy – 41,4 tonna;

— Turkiya – 35 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер