Oʻzbekiston soʻnggi 6 oyda eng koʻp Tojikistonga muzlatgich sotgan

11:15 02 Avgust 2022 Iqtisodiyot
698 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 25,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 110 631 dona muzlatgich eksport qilgan.

Muzlatgich eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda qariyb 14 mingtaga kamaygan.

Oʻzbekiston 13 ta davlatga muzlatgich eksport qilgan.

Oʻzbekiston 6 oy mobaynida eng koʻp muzlatgich eksport qilgan davlatlar:

— Tojikiston – 36 058 dona;

— Qozogʻiston – 33 618 dona;

— Rossiya – 20 263 dona;

— Qirgʻiz R. – 9 977 dona;

— Turkmaniston – 5 211 dona;

— Ozarbayjon – 1 780 dona;

— Mongoliya – 1 661 dona;

— Gruziya – 1 001 dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер