Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan qilichboz yarim finalga chiqdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alise Faxrutdinova yarim finalga chiqdi. U bugun zamonaviy beshkurash boʻyicha bahslarda qatnashdi.
Qilichbozlik boʻyicha kechgan bahslarda sportchimiz 220 ball jamgʻarishga erishdi. Endi u 10-avgust kuni yarim finalning B guruhi vakillari orasida ishtirokini davom ettiradi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Alise 1990-yil 23-fevralda Moskvada tugʻilgan. U 2008-yil Rossiya sport ustasi, 2009-yil Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi boʻlgan. Jamoa va estafeta boʻyicha toʻrt karra Rossiya chempioni boʻlgan. 2019-yildan beri Oʻzbekiston sharafini himoya qilib keladi.
Avvalroq, Bahodir Jalolov Olimpiada medalini kafolatlagandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring