Oʻzbekiston–Saudiya Arabistoni: parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

19:01 30 Dekabr 2022 Siyosat
999 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

2022-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston hamda Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish va taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tarixiy tashrifi va uning yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan bitimlar oʻzaro manfaatli aloqalarni sifat va mazmun jihatidan yuqori bosqichga olib chiqqani taʼkidlandi.

Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarida parlamentlararo aloqalarining oʻrni muhimligi va mazkur yoʻnalishda aloqalar koʻlamini kengaytirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Shu maʼnoda parlamentlararo doʻstlik guruhlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirish, parlamentlar rahbarlari va aʼzolarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari ham eʼtibor markazida boʻlib, mazkur yoʻnalishda birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarni kengaytirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер