Oʻzbekiston Rossiyaga 60 mingdan ortiq televizor eksport qildi
Oʻzbekiston 11 oyda xorijga 173,8 ming dona televizor eksport qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga eksport qilgan televizorlar qiymati 33 mln dollarga teng boʻlgan.
Eng koʻp televizor eksport qilingan davlatlar:
Rossiya – 60,7 ming dona;
Ozarbayjon – 50,5 ming dona;
Turkiya – 17,1 ming dona;
Armaniston – 8 ming dona;
Boshqa davlatlar – 5,7 ming dona.
Taʼkidlash joiz, 2023-yilda 230 mingdan ortiq televizor eksport qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring