Oʻzbekiston – Rossiya: Hukumatlararo komissiya doirasida kichik qoʻmitaning 13-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

12:13 31 Yanvar 2024 Siyosat
305 0

Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Oʻzbekiston va Rossiya Hukumatlararo komissiya doirasida kichik qoʻmitaning 13-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev rahbarligida vazirlik va idoralar vakillari hamda Rossiyaning Mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Ivankov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish va tajriba almashish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini munosib va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, hayoti va sogʻligʻini asrash, huquqlarini muhofaza qilish hamda bu borada ishonchli mexanizmlarni yoʻlga qoʻyishga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер