Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi vakolatlari kengaytirilmoqda

16:53 24 Noyabr 2023 Siyosat
294 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Mamlakatimizda joriy yil katta siyosiy voqelik – Umumxalq Referendumi oʻtkazilib, uning yakunlariga koʻra, xalqimiz xohish-irodasi bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Yalpi majlisda muhokama qilingan qonun ham yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq Konstitutsiyaviy sud vakolatlari kengaytirilib, Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berishi belgilanmoqda.

Konstitutsiyaviy sud faqatgina oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega ekanligi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanishi mustahkamlanmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganidek, mazkur Qonunning qabul qilinishi natijasida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi hamda ularning bir xilda amalda boʻlishiga erishiladi.

Muhokamadan soʻng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер