“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilmoqda

15:33 25 Iyul 2023 Siyosat
426 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga referendumga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha yangi vakolat berildi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanishi belgilandi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер