Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi Saydi Umirov vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, minglab jurnalistlarning qadrli ustozi, publitsist Saydi Umirov 82 yoshida vafot etdi.
Shu munosabat bilan “Xalq soʻzi” — "Narodnoye slovo" gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.
U kishining nomi respublikamiz ziyolilari orasida yuksak ehtirom bilan tilga olinadi.
Saydi Umirov 1938-yil 10-fevralda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. U Yozuvchilar, Jurnalistlar ijodiy uyushmalari aʼzosi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori edi.
Saydi Umirovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring