Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan davra suhbatida mamlakatimizning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

09:24 19 Dekabr 2022 Siyosat
648 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

V. Norov taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston koʻp tomonlama diplomatiya tamoyillariga qatʼiy rioya qilib, xalqaro institutlar bilan muloqot doirasida yangi ufqlarni ochmoqda.

Xususan, mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining global muammolarni hal qilish va xalqaro xavfsizlikni taʼminlashda markaziy rolini mustahkamlash tarafdoridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT doirasida qator yirik takliflarni, shu jumladan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanishning global maqsadlariga erishish uchun sharoit yaratish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi.

Yaqinda, 14-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qilindi

Davra suhbati ishtirokchilarining eʼtibori Oʻzbekiston Rahbarining Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha yigʻilish maydonida eʼlon qilingan BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha xalqaro muzokaralar guruhini tuzish taklifiga qaratildi.

“Oʻzbekiston Rahbari tomonidan ilgari surilgan bu va boshqa koʻplab tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish barcha yutqazadigan qarama-qarshiliklar va raqobatdan xoli boʻlgan keng koʻlamli mintaqalararo hamkorlikni shakllantirishga imkon beradi”, dedi V. Norov.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi haqidagi fikrlari bilan ham oʻrtoqlashdi.

Mazkur tuzilmada respublika raisligi transport, sanoat kooperatsiyasi, energetika, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlik, innovatsiya, raqamli transformatsiya va yashil iqtisodiyot kabi ustuvor yoʻnalishlardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi strategik qirralarini ochishga qaratilganligi qayd etildi.

Ushbu jabhalarning har biri boʻyicha hamkorlari bilan birgalikda rekord miqdordagi hujjatlar qabul qilindi. Bu SHHTga aʼzo barcha davlatlarining koʻp qirrali aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligini koʻrsatmoqda.

“Tarkibi yangi ishtirokchilar bilan kengayib, xalqaro nufuzi mustahkamlanib borayotgan tashkilotdan juda yaxshi va ijobiy signaldir”, dedi V.Norov.

SHHT sammitida Oʻzbekiston jahon hamjamiyati eʼtiboriga Umumiy xavfsizlik va farovonlik yoʻlida Samarqand birdamligi tashabbusini havola etdi. Uning maqsadi – bizning umumiy kelajagimizga befarq boʻlmagan, ixtiloflarga qaramasdan kelishilgan yondashuv va qarorlarni izlashga tayyor, “Samarqand ruhi” tamoyillariga hamfikr boʻlganlarning barchasini global muloqotga jalb qilishdir.

Oʻzbekiston koʻp tomonlama diplomatiyasi haqida soʻz yuritar ekan, Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqanddagi sammitini ham eslatib oʻtdi. Ushbu tadbir Tashkilotning oʻzaro hamkorlik platformasidan savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda amaliy muloqot boʻyicha toʻlaqonli mintaqaviy tashkilotiga aylanish dasturini tasdiqladi.

Sammit yakunlari boʻyicha TDTda raislikni qabul qilgan Oʻzbekiston Tashkilot doirasida pragmatik hamkorlikni yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishga tayyordir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер