Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari “Royal Mining Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
2023-yil 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev “Royal Mining Group” kompaniyasi (Kuvayt) raisi Iad Al-Solihni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va mazkur kompaniya oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga Kuvayt investitsiyalarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Togʻ-kon sanoati, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish materiallari sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring