Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 1,3 million AQSH dollari qiymatidagi uskunalar topshirildi
Joriy yilning 30-may kuni Respublika vaksina saqlash omborxonasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan holda Oʻzbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga oʻta zarur boʻlgan sovuq zanjir uskunalari va kompyuterlarni topshirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Umumiy qiymati 1,3 million AQSH dollari boʻlgan 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterni oʻz ichiga olgan ushbu uskuna Oʻzbekistonning vaksinani funksional va samarali boshqaruvini tatbiq etish qobiliyatini oshiradi. Ushbu jihozlar butun mamlakat boʻylab birlamchi tibbiy yordam muassasalariga tarqatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring