Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasida oʻtkazilgan xalqaro forumida ishtirok etdi
Foto: Халқ сўзи
Ayni vaqtda Adliya vazirligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida 2022-yilning 25-dekabr kuni adliya vaziri A.Tashkulov Baku shahrida tashkil etilgan “Ilgʻor boshqaruv sari yoʻl: bir darchadan kechayu kunduz xizmat koʻrsatishga oʻtish” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.
Xalqaro forumda AQSH, Avstraliya, Gruziya, Indoneziya, Marokash, Moldova Respublikasi, Uganda Respublikasi, Chernogoriya Respublikasi va boshqa davlatlardan martabali mehmonlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va boshqalar ishtirok etishdi.
Forumda adliya vaziri A.Tashkulov nutqi bilan chiqdi hamda Oʻzbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida erishilgan yutuqlar hamda ushbu yoʻnalishda ilgʻor axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotganligi haqida gapirdi.
Ayniqsa soʻngi yillarda Oʻzbekistonda ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan ijobiy natijalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, “yagona darcha” tamoyili asosida ishlovchi davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligi hamda ushbu jarayonlar toʻliq raqamlashtirilib, byurokratiya keskin kamaytirilgani va korrupsiyaga yoʻl ochib beruvchi jarayonlar bartaraf etilganligi borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar bilan Forum ishtirokchilarini tanishtirdi.
Forum yakunida ishtirokchilar oʻzini qiziqtirgan savollariga asoslantirilgan javoblarni oldilar.
Adliya vazirligi delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring