“O’zbekiston Qur’on musobaqasi — 2018” g’olibi aniqlandi

Shu munosabat bilan o’tkazilgan tantanali anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi a’zolari, boshqa tashkilotlar, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlari g’oliblari, Toshkent islom universiteti, O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining bir guruh talabalari qatnashdilar.
Anjumanda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o’tkazilgan Qur’on musobaqasi xalqimizga katta mamnuniyat baxsh etgani, bunday tadbirlar tinch hamda osoyishta yurtimiz dovrug’ini yanada keng yoyishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Musobaqaning 21 — 24 aprel kunlari o’tkazilgan yakuniy bosqichida respublikamizning turli hududlaridan kelgan jami 89 nafar ishtirokchi “tilovat” va “hifz” yo’nalishlarida o’zlarini sinab ko’rdilar.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko’ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 3-kurs talabasi Yo’ldoshali qori Nuriddinov oliy sovrin — Gran-priga loyiq, deb topildi hamda unga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg’asi — “Jentra” rusumli avtomashina topshirildi. Shuningdek, musobaqada “Eng xushovoz Qur’on qorisi” (4 nafar), “Eng yosh Qur’on qorisi” (4 nafar) va “Matonatli qori” (5 nafar) yo’nalishlari bo’yicha ham sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom hamda qimmatbaho sovg’alar taqdim qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring