Oʻzbekiston Qozogʻiston sunʼiy yoʻldoshidan foydalanadi

17:16 24 Oktyabr 2018 Jamiyat
1472 0

“Qazaqstan Gʻarish Sapari” milliy kompaniyasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga amalga oshirgan ishchi tashrifi chogʻida kosmik sohada hamkorlik qilish boʻyicha hujjat imzolandi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi.

Qabul qilingan memorandumda quyidagilar nazarda tutilgan:

- Qozogʻistonning Yerni masofadan zondlash kosmik tizimi maʼlumotlaridan foydalanish sohasida hamkorlik qilish;

- Oʻzbekiston sunʼiy yoʻldosh geodeziya tarmogʻini yaratish;

- davlat va mahalliy ijro organlari uchun geoportallar yaratish.

Muzokaralar davomida oʻzaro aloqalarning asosiy yoʻnalishlari, jumladan, aerokosmik hamkorlik va Yerni masofadan zondlash sohasini rivojlantirish boʻyicha doimiy muloqot olib borishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер