Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi KXDRga magʻlub boʻldi

12:29 06 Aprel 2026 Sport
223 0

Kecha, 5-aprel kuni futbol boʻyicha Tayland mamlakatida oʻtkazilayotgan U-20 Osiyo chempionati musobaqasining 2-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Vladimir Panov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi amaldagi Osiyo va Jahon chempioni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasiga 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Oʻyinda kiritilgan gollarga Pak Ok I (3 ta), Ryu Gyong So, Il Chong Jon va Pok Yong Jon mualliflik qildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi soʻnggi oʻyinini 8-aprel sanasida oʻtkazadi. Ushbu oʻyinda jamoaga Iordaniya yoshlar terma jamoasi raqiblik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер