Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida otishma sodir boʻldi
Foto: Illustrativ foto
Maʼlum qilinishicha, 5-aprel kuni qirgʻizistonlik fuqarolar Oʻzbekiston hududiga noqonuniy ravishda kontrabanda yuklarini olib oʻtmoqchi boʻlishgan.
Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekiston hududidagi davlat chegara chizigʻidan 500 metr uzoqlikda Oʻzbekiston Respublikasi DXX chegara xizmati xodimlari tomonidan toʻxtatilgan. Biroq, kontrabandachilar chegarachilarning toʻxtash haqidagi talablariga boʻysunmagan. Natijada otishma sodir boʻlgan.
“Hibsga olish vaqtida janjal kelib chiqdi. Oʻzbek chegarachilari oʻz hayoti va sogʻligʻini saqlab qolish maqsadida qurol ishlatgan, natijada ikki nafar Qirgʻiziston fuqarosi halok boʻldi. Qolgan jinoyatchilar qochishga muvaffaq boʻlgan”, — deyiladi xabarda.
Halok boʻlgan fuqarolar Oʻzbekistondan boʻlgan, biroq 2012-yilda Qirgʻiziston fuqaroligini olgan. Ular Oʻzbekiston pasportini oʻzlari bilan birga olib yurgan.
Taʼkidlanishicha, Qirgʻiziston fuqarolari umumiy qiymati 20 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan kontrabanda yukini Oʻzbekistonga olib oʻtishga urinishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring