Oʻzbekiston qiymati 2 mln. AQSH dollarlik anjir eksport qilgan

14:33 12 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
559 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.

Anjir eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,7 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp anjir eksport qilgan davlatlar:

— Qozogʻiston – 6,9 ming tonna;

— Rossiya – 186 tonna;

— Qirgʻiz R. – 84 tonna;

— Belarus R. – 4,1 tonna.

2022-yilning 10 oyida xorijga eng koʻp anjir eksport qilgan hududlar:

— Xorazm viloyati – 2,7 ming tonna;

— Surxondaryo viloyati – 2,6 ming tonna;

— Namangan viloyati – 1,1 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер