Oʻzbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylanmoqda

15:22 05 Iyun 2023 Siyosat
428 0

Sarmoyadorlar oʻrtasida mashhur boʻlgan “bne IntelliNews” biznes jurnali sahifasida “Oʻzbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylanmoqda” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.

“Oʻzbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi, deb yozadi gazeta. Bir nechta megaloyihalarga katta sarmoyalar jalb etilgani energiyaga ehtiyoji katta boʻlgan Oʻzbekistonni Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritgan birinchi mamlakatga aylantirdi. U oʻzining 2,6 Gvt «yashil” energiyasi quvvati bilan Qozogʻistonni ortda qoldirdi».

Maqolada Yaqin Sharq energetika giganti - “Masdar” kompaniyasi bosh direktori Muhammad Jamil Al Ramaxining 2022-yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochilgan Navoiy shahridagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishi haqida aytgan fikrlaridan iqtibos keltiriladi: “Hukumat bizni har qadamda qoʻllab-quvvatladi, biznesni himoya qilishni hamda uni samarali boshqarishni taʼminladi”.

Mazkur maqolada energetika sohasidagi islohotlar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hayotga tadbiq etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” strategiyasining asosiy qismi ekani, “yashil” energetika esa buning zamirida turgani alohida taʼkidlangan.

“bne IntelliNews” Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) koʻmagida hukumat eski Toshkent gaz issiqlik elektr stansiyasini yuqori samarali gaz elektr stansiyasiga aylantirish dasturini boshlagani, endi esa har qanday ob-havo sharoitida va kunning istalgan paytida barqaror energiya yetkazib berishni taʼminlash uchun ikkinchi elektr stansiyani qurishni ham rejalashtirayotganini qalamga olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер